Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor



Prorektor: Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich
Qabul vaqti: Seshanba 1500 – 1700, Payshanba 1500 – 1700, Shanba 1500 – 1700
Telefon: (0 371) 239-27-15
Fax: (0 371) 239-27-09
E-mail: proiib@tdiu.uz
Veb-sayt: www.tsue.uz

 

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:

 

— O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Ta’lim vazirligining normativ-huquqiy xujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;

— universitetning muammoli ilmiy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo‘linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, tadqiqot ishlarining natijaviy samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish, ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga quyish, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini hal qilish, ilmiy-texnologik ishlanmalarni turli yarmarka va ko‘rgazmalarda taqdimot etilishini ta’minlash;

— ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda Universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

— Respublika va xalqaro ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, Universitetda ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;

— universitetda magistratura, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda Universitet xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko‘maklashish;

— iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;

— Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, xalqaro ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;

— stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, talabalar orasidan Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

— universitetda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;

— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, Universitetning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining  xizmat vazifalariga rioya etish.

Share: