Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor

 Prorektor   Kamilov Muzaffar Murotovich
 Qabul vaqti:   Seshanba 1400 – 1600, Payshanba 1400 – 1600, Shanba 1400 – 1600
 Telefon:   (0 371) 232-64-33​
  Fax:    (0 371) 232-63-57​
  E-mail:   prommib@tdiu.uz
  Veb-sayt:   www.tdiu.uz

 

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Ta’lim vazirligining normativ-huquqiy xujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;

Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni Universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash;

Talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy xujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;

Ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan xujjatlarini Universitet jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;

Talabalarda ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq – tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion (adabiyot, qo‘llanma va h.k.) ta’minlash, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog‘lomlashtirsh tugaraklarini tashkil etish;

Universitet sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash, “Universiada” sport musobaqalarida  faol qatnashishini ta’minlash;

Universitetda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga xar tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

Talaba – o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. Universitet axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;

Universitetning sport-sog‘lomlashtirish va madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;

Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va Universitetning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda Universitetda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;

Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;

Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomila madaniyatini tarkib toptirish;

Universitet xodimlari, talabalarini chet elga yuborish, shuningdek Universitetda elchixonalar, chet el tashkilotlar hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan tadbirlarni (seminar, uchrashuv, suhbat va h.k.) o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilishini  ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, Universitetning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining  xizmat vazifalariga rioya etish.

Share: