Kasaba uyushma qo‘mitasi

  Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: Azamat Muxtarov
Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma 1400-1600
Tеlеfon: 239-01-56
Faks: 239-28-33
Elektron pochta: muxtarov.1953@mail.ru

 

Kasaba uyushma qo‘mitasi haqida

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ), O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Universitet Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan tashkil etilgan hamda ish beruvchi bilan tuzilgan Jamoa shartnomasiga asosan faoliyat yuritadi.

Universitet ma’muriyati bilan KUQsi o‘rtasida jamoa a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan.

 

Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi:

Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining Oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.

Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, qo‘mita va Rayosat a’zolari hamda taftish komissiyasi a’zolari saylanadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari konferensiya Prezidiumi, Plenumi va Rayosat qarorlari bajarilishini ta’minlashda qatnashadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a’zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.

A’zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.

 

Kasaba uyushma qomitasining asosiy maqsad va vazifalari

Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolarining mehnati ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, inteleektual-huquq va manfaatlari hamda ularning oila a’zolarining haq-huquqlarini himoya qilishdan iborat.

 

Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;

Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;

Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;

Kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

Kasaba uyushma a’zolari bilan birgalikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;

Kasaba uyushma a’zolari va ularning yaqinlarini (ota-ona, turmush ortog’i va farzandi) ning sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasidagi ishlarni olib borish;

Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi ish beruvchi bilan o‘z faoliyatini ijtimoiy sherikchilik (hamkorlik) asosida olib boradi. Kasaba uyushma qo‘mitasi Hozirda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi, Toshkent shahar kasaba uyushmalari birlashmasi, barcha oliy o‘quv yurtlari kasaba uyushma tashkilotlari va respublikamizda joylashgan sanatoriya, dam olish maskanlari hamda BSO lari bilan hamkorlik qilib keladi.

Share: