Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

  Bo‘lim boshlig‘i: Karimov Norboy G‘aniyevich
  Qabul vaqti: Dushanba 1400 – 1700

Shanba 1400 – 1700

  Telefon: (0 371) 239-28-43​
  E-mail: norboy.karimov @mail.ru
    Bosh mutaxassis: Dadabayev Shavkat Xamidovich
  Qabul vaqti: Dushanba 1400 – 1700

Shanba 1400 – 1700

  Telefon: (0 371) 239-28-43
  E-mail: dadаboev@mail.ru
    Bosh mutaxassis: Dustqobilov Umidjon Sharofiddinovich
  Qabul vaqti: Dushanba 1400 – 1700

Shanba 1400 – 1700

  Telefon: (0 371) 239-28-43
  E-mail: umid_28@list.ru

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi Nizomi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi Ish rejasi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risida
MA’LUMOT

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga kiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rektoriga takliflar kiritish;

universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida universitet rektoriga ma’lumot kiritish…

 

Ulashish: