Magistratura

Bo‘lim boshlig‘i

F.I.SH. Foto surati Qabul vaqti Elektron manzili Telefon raqami
Sabirov Oybek Shavkatbekovich Dushanba-shanba,

soat 14.00-17.00

sa1ov@mail.ru (0371) 239-01-29

 

Bo‘limning funksional vazifalari

  • magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
  • magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga etuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;
  • magistratura talabalari tomonidan ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • byudjet asosida ta’lim olgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

– magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • o‘quv reja va dasturlarda ko‘zda tutilgan o‘qitishning hamma shakllari (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari turlari) bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish;
  • magistrlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy tadqiqotlar olib borishga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil qilish;
  • tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqalar bo‘yicha ishlarni olib borish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
  • magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish;
  • magistrlarning malaka amaliyotlari, loyihalari (ishlari), magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ularning mustaqil ishlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;
  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil qilish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
  • har xil shakldagi xalqaro hamkorliklar, o‘zaro axborotlar almashinuvini rivojlantirish, konferensiyalarda, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish;
  • magistrlik dissertatsiyalarining mavzularini ko‘rib chiqish va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan muammolarini xal etishga yo‘naltirilishini ta’minlash;
  • magistrlar bilimini reyting tizimi bo‘yicha nazorat qilishni tashkil etish, natijalarini tahlil qilish, uni takomillashtirish choralarini ko‘rish;
  • magistrlarni auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ilmiy to‘garaklarda qatnashishga yo‘naltirish;
  • o‘rnatilgan tartibda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘kuv reja, dasturlar hamda dars jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish;
  • magistratura uchun darsliklar, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish;
  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni turli tanlovlarda, shu jumladan Prezident stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;
  • magistratura bitiruvchilari bilan tizimli, doimiy aloqalarni tashkil etish hamda ular faoliyatining doimiy monitoringini olib borish.

 

Bo‘lim xodimlari

F.I.SH. Foto surati Lavozimi Elektron manzili Telefon raqami
Rajabov Nazirjon Razzoqovich Uslubchi ekologtdiu-07@mail.ru (0371) 239-01-29
Nishonov Dilshod Shamsitdinovich Uslubchi (0371) 239-01-29

 

TDIU Magistraturasida tayyorlanayotgan mutaxassisliklari shifri va nomi

 

Mutaxassislik shifri Mutaxassislik nomi
1. 5A111001 Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (iqtisodiyot)
2. 5A230101 Iqtisodiy nazariya
3. 5A230102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
4. 5A230103 Makroiqtisodiyot
5. 5A230106 Ekonometrika
6. 5A230107 Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari
7. 5A230108 Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
8. 5A230110 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti
9. 5A230201 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
10. 5A230401 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
11. 5A230403 Logistika
12. 5A230603 Investitsiyalarni boshqarish

(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

13. 5A230601 Davlat moliyasini boshqarish
14. 5A230701 Bank ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
15. 5A230801 Soliqlar va soliqqa tortish
16. 5A230901 Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
17. 5A230902 Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
18. 5A231101 Jahon iqtisodiyoti

(mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

19. 5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat

(tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha)

20. 5A231401 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
21. 5A231701 Kadrlar menejmenti
22. 5A610301 Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
Ulashish: