5330200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Ta’lim dasturi haqida ma’lumot:

  • Ta’lim yo‘nalishi nomi, shifri: 5330200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • Ta’lim dasturi davomiyligi:4 yil
  • Jami kreditlar miqdori:240
  • Ta’lim turi:Bakalavr
  • Kvalifikatsiya:Muhandis-dasturchi, O‘qituvchi
  • Ta’lim tili:o‘zbek, rus, ingliz
  • O‘quv reja:Yuklab olish (excel)
Akademik kalendar:

Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 1-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 3-haftasidan 2, 3 va 4-kurs talabalari uchun esa o‘quv yilining 2-haftasidan boshlanadi va o‘quv jarayoni yillik 30 haftani tashkil etadi, jumladan 15 hafta kuzgi, 15 hafta bahorgi semestrlar uchun.Qishki ta’til 1-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 18,19, 23, 24-haftalarida 2, 3, 4-kurs talabari uchun esa 17, 18,19, 23, 24-haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20, 21 va 22-haftalari qishgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan.

Bahorgi semestr qoida tariqasida o‘quv yilining 25-haftasidan boshlanadi. O‘quv yilinining 40, 41 va 42-haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 43-52-haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan.

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 32-35-haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 36-38-haftalar esa yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan.

4-kurs talabalari uchun o‘quv yili 39-42-haftalarda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish bilan yakunlanadi.

Qabul talablari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi va jami 50 ta shu jumladan 5 ta grant va 45 ta to‘lov shartnomasi asosida abiturientlar talabalar safiga qabul qilinadi. Test sinovlari fanlar majmuasi va baholash mezonlari quyidagicha:

matematika fanidan jami 30 ta savol bo‘lib, har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball beriladi. Mazkur fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan umumiy ball 96 ballni tashkil etadi.

chet tili fanidan jami 30 ta savol bo‘lib, har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi. Mazkur fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan umumiy ball 93 ballni tashkil etadi.

Umumiy test sinovlaridan to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi. CHet tilidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan ozod etish va ushbu fandan maksimal ball olish uchun chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikatlar darajalari quyidagicha bo‘lishi talab etiladi:

CEFR milliy sertifikati bo‘yicha – V2 va undan yuqori;

IELTS sertifikati bo‘yicha – 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball) va undan yuqori;

TOEFL sertifikati bo‘yicha – 72 ball;

boshqa tillar bo‘yicha tegishli milliy va xalqaro sertifikatlar – V2 va undan yuqori.

To‘lov sharnoma summasi:

2020-2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – 6 382 746,0 so‘m; xorijiy fuqarolar uchun – 15 013 193,0 so‘m miqdorlari belgilangan.

Stipendiya:
5 136 000,0 so‘m

Ushbu miqdorlar tarkibida talabaga bir yillik stipendiya to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutilmagan. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari o‘zgarganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari mos ravishda o‘zgaradi.

Ta’lim yo‘nalishi ob’ekti:
Turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalariga tadbiq etish uchun zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish, korxona/tashkilotlarda axborotlarni kompyuterli qayta ishlashni tashkil etish, boshqaruv jarayonlarida foydalanadigan axborot tizimlari va texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalarini tanlash, korporativ axborot tizimlari, raqamli iqtisodiyotning texnologiyalari va zamonaviy dasturiy vositalar yordamida boshqaruv tizimini isloh qilish orqali elektron hukumatni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish istiqbolini belgilash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini o‘rganish.
Ta’lim jarayoni yakunida kutilayotgan natijalar (ko‘nikma, qobiliyat, imkoniyat). Bitiruvchilar quyidagi malakaga ega bo‘lishlari kerak:

Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida:

-korxona va tashkilotlarning axborot tizimlari faoliyatini rejalashtira olish;

-zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini yaratish;

-zamonaviy dasturlash tillaridan foydalangan holda axborotlarni qayta ishlashning namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;

-ishlab chiqarish jarayonlarida axborot tizimlari faoliyatini boshqarish;

-tashkilot va korxonalar faoliyatini strategik rivojlantirishda zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llay olish;

-ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning xavfsizligini ta’minlash hamda axborot tizimlarida tashkiliy-boshqaruv qarorlarnini asoslash;

-korxona va tashkilotlarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha axborot-tahliliy (onlayn so‘rovnoma va boshqalar) tadqiqotlarni o‘tkazish va axborot tadqiqotlari echimlarini amaliyotga tatbiq etish;

-korxona va tashkilotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari va korporativ axborot tizimlarini joriy etish;

-turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq va sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari axborot kommunikatsiya xizmatlari bo‘limlari faoliyati boshqaruvini tashkil etish va takomillashtirish hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatini rivojlantirishning axborot strategiyalarini ishlab chiqsh.

Axborot-tahliliy faoliyati:

-qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va boshqaruv jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish uchun ishonchli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;

-korxona/tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish va tatbiq etish;

-korxona/tashkilotning faoliyatining turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;

-axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash.

Iqtisodiy hisob-kitob faoliyati:

-korxona/tashkilotni rivojlantirishda iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni tayyorlash;

-harakatdagi me’yoriy-huquqiy bazada keltirilgan andozali uslub asosida iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarini amalga oshirish;

-davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’ektlari iqtisodiy faoliyatini axborotlashtirish;

-davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining zamonaviy axborot tizimlari infratuzilmasini tashkil etish;

-echilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda ilmiy echimlarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va raqamli ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.

Ilmiy tadqiqot faoliyati:

-korxona/tashkilot boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish yuzasidan aniq iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, olingan topshiriq bo‘yicha axborot ma’lumotlarini izlash, to‘plash va tahlil qilish;

-iqtisodiy ma’lumotlar to‘plamini qo‘yilgan topshiriqqa asosan zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida qayta ishlash, tahlil qilish, baholash, olingan natijalarni qiyoslash va asoslangan xulosalarga kelish;

-mutaxassislik faoliyati sohasiga tegishli tadqiq etilayotgan jarayonlar, hodisalar hamda ob’ektlarni standart nazariy, raqamli va ekonometrik modellarini tuzish, tahlil qilish va olingan natijalarni qiyoslash;

-zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida hisobotlar va axborotlar sharhini tayyorlash;

-statistik kuzatishlar, elektron so‘rovlar, anketa so‘rovlari va ularning birlamchi natijalarini qayta ishlash;

-raqamli transformatsiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlarini aniqlashda ishtirok etish, ishlab chiqilgan axborot kommunikatsiya dasturlarini xayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.

Qaysi soxalarda ishlasa bo‘ladi:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ular qoshidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi tizimi tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi va tarkibidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalar, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot muassasa va tashkilotlar va boshqalar, turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq va sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari..

Dastur uchun mas’ul shaxs:
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri – M.Abdullaev

Ta’lim yo‘nalishi fanlari

Birinchi bosqich

Asosiy fanlar

APPMAT16 Amaliy matematika 1 (6 ECTS)

ECONOM6 Iqtisodiyot (6 ECTS)

ICTECO6 Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (6 ECTS)

APPMAT26 Amaliy matematika 2 (6 ECTS)

FORLAN16 Xorijiy til (12 ECTS)

HISET4 Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (4 ECTS)

LANGUA4 Rus tili (4 ECTS)

LANGUA4 O‘zbek tili (4 ECTS)

PHILOS4 Falsafa (4 ECTS)

BUSLAW6 Biznes huquqi (6 ECTS)

Tanlov fanlar

CRETHI6 Kreativ fikrlash (6 ECTS)

STATEC6 Startap texnologiyalar (6 ECTS)

BUSINT6 Biznes intellekt (6 ECTS)

Ikkinchi bosqich

Asosiy Fanlar

STATIS6 Statistika (6 ECTS)

INTECON6 Ekonometrikaga kirish (6 ECTS)

FUNIS6 Axborot tizimlar asoslari (6 ECTS)

DIGBM6 Raqamli biznes modellar (6 ECTS)

DATSA6 Ma’lumotlar tarkibi va algoritmlari (6 ECTS)

DIGECO6 Raqamli Iqtisodiyot (6 ECTS)

DATABA6 Ma’lumotlar bazasi (6 ECTS)

Tanlov Fanlar

WEBPRO6 Veb dasturlash (6 ECTS)

BLOTEC6 Blokcheyn texnologiyalari (6 ECTS)

MICROE6 Mikroiqtisodiyot (6 ECTS)

FORLAN26 CHet tili 2 (ingliz, fransuz, nemis, koreys va boshqa) (6 ECTS)

MARROE6 Makroiqtisodiyot (6 ECTS)

Uchinchi bosqich

Asosiy fanlar

BUSANA6 Biznes analitika (6 ECTS)

INFSEC6 Axborot xavfsizligi (6 ECTS)

COMNET6 Kompyuter tarmoqlari (6 ECTS)

BUSSTR6 Biznes strategiyasi (6 ECTS)

OPESYS6 Operatsion tizimlar (6 ECTS)

PROJAV6 Java dasturlash tili (6 ECTS)

Tanlov fanlar

WEBTEC6 Veb texnologiyalar (6 ECTS)

COMARC6 Kompyuter arxitekturasi (6 ECTS)

NETBUS6 Biznes tarmoqlar (6 ECTS)

FINEIA6 Moliyaviy va iqtisodiy ma’lumotlarning tahlili (6 ECTS)

OPTIMI6 Optimallashtirish (6 ECTS)

MANACC6 Boshqaruv hisobi (6 ECTS)

THECS6 Nazariy informatika (6 ECTS)

To‘rtinchi bosqich

Asosiy fanlar

RESMS6 Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari (6 ECTS)

INTERN6 Malakaviy Amaliyot (6 ECTS)

FINWOR6 Bitiruv malakaviy ishi (6 ECTS)

Tanlov fanlar

INTTHI6 Buyumlar interneti (6 ECTS)

LEADM6 Etakchilik va qaror qabul qilish (6 ECTS)

COMSS6 Kompyuter tizimi xavfsizligi (6 ECTS)

MOBAL6 Mobil ilovalar laboratoriyasi (6 ECTS)

INTECO6 Xalqaro iqtisodiyot (6 ECTS)

VIRSP6 Virtual tizim loyihasi (6 ECTS)

OBJOP6 Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (6 ECTS)

INFSSD6 Axborot tizimlar echimlari va loyihalash (6 ECTS)

BUSIS6 Biznes axborot tizimlar (6 ECTS)

EBUSSYS6 Elektron biznes tizimlari (6 ECTS)