Ilmiy tadqiqotlar

Davlat ilmiytexnik dasturi doirasidagi tadqiqotlar va xo’jalik shartnomalari

O’zbekiston Respublikasi Innovasiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat buyurtmasi asosida belgilangan ilmiy tadqiqotlar uchun davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalar amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda universitet kesimida fundamental, amaliy va innovasion loyihalar tanlovi tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda esa, universitet kengashi tomonidan saralab olingan loyihalar bo’yicha qaror qabul qilinadi va eng yaxshi deb topilgan loyihalar Innovasiyalarni rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi. Amaldagi loyiha hisobotlari belgilangan tartib asosida ekspertlar/mutaxassislar taqrizi ostida qabul qilinadi. Ushbu hisobotlar universitetning Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limida (IT va IPKT) saqlanadi.

Universitet professor-o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturi (DITD) doirasida (2017 yilda) 21 ta mavzu bo’yicha jami 898, 24 mln.so’mlik loyihalar ustida tadqiqot ishlari olib borildi. Xususan, 4 ta 205 mln.so’mlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.so’mlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.so’mlik innovasion loyihalardir.

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi integrasiyani ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlar muammolarining ilmiy asoslangan holda hal etish, ular faoliyatini rivojlantirish strategiyalari hamda istiqbollarini belgilash bo’yicha chora-tadbirlar va taklif-tavsiyalar ishlab chiqish universitet rahbariyatining doimiy e’tiboridadir.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilingan

mablag’lar dinamikasi, mln. so’m

Tadqiqot turi 2014 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y.
1 Fundamental 228,495 264,68 289,83 205
2 Amaliy 247,388 287 314,27 595,42
3 Innovasion 82,58 84,45 102,85 75,2
4 Yoshlar 20,0 23,17 20 22,62
5 Xo’jalik shartnomalari 85,0 85 150 182,2
Universitet bo’yicha 663,463 744,3 876,94 1080,44 


Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi

Universitet bazasida innovasion tadqiqotlar markazi tashkil etilgan bo’lib, unda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini yuksaltirishning strategiyasini ishlab chiqish, mexanizmini yo’lga qo’yish, zamon talablariga mos moddiy-texnik bazani shakllantirish bo’yicha tadbirlarning me’yoriy-huquqiy asoslari yaratilgan.

Universitet olimlari, ilmiy izlanuvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni tegishli sohalarga tatbiq etish, ilmiy tadqiqot ishlarini tizimli rivojlantirish maqsadida iqtisodiyot sohalari, tarmoqlari bilan innovasion-korporativ hamkorlik amaliy loyihasi ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorida belgilangan oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlash maqsadida 42 ta korxona va tashkilot bilan innovasion-korporativ hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida dolzarb mavzular bo’yicha Bitiruv malakaviy ishlar, Magistrlik dissertasiyalari hamda doktorlik dissertasiyalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, professor-o’qituvchilarning stajirovkalari va talabalarning malakaviy amaliyotlari bevosita hamkor korxonalarda tashkil etilmoqda.

 

Share: