Doktorantga yordam

Dissertasiya va dissertasiya ishini avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari

Dissertasiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar   batafsil…

 

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik to’g’risidagi diplom nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxasi;

– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtiriligan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma.

Doktoranturada o’qish shakli – kunduzgi. O’qish muddati – uch yil.

Doktoranturaga hujjatlar qabuli 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha, kirish imtihonlari 1-25 noyabrda o’tkaziladi.

 

2017 yilda universitetda faoliyat yuritgan doktorant va tayanch doktorantlar to’g’risida ma’lumot

Izlanuvchilar Jami Shu jumladan, ayollar I kurs II kurs III kurs
Jami Shu jumladan ayollar Jami Shu jumladan ayollar Jami Shu jumladan ayollar
1. Doktorantlar (DSc) 11 5 4 1 3 2 4 3
2. Tayanch doktorantlar (PhD) 45 10 14 4 12 4 19 2

 

2017 yilda universitetda faoliyat yuritayotgan mustaqil izlanuvchilar to’g’risida ma’lumot

Izlanuvchilar Jami Shu jumladan, ayollar I kurs II kurs III kurs
Jami Shu jumladan, ayollar Jami Shu jumladan, ayollar Jami Shu jumladan, ayollar
1 Doktorantlar(DS) 27 6 10 2 6 1 11 3
2 Tayanch doktorantlar (PhD) 115 24 35 8 23 2 57 14

 

Xorijiy grantlar

Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik miqyosini kengaytirish, bakalavriat, magistratura bosqichi talabalari, ilmiy izlanuvchi va professor-o’qituvchilarning almashinuv dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi bilan yaqin aloqalar yo’lga qo’yilgan.

2017 yilda universitetning Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Bobojonov Azizjon Babaxanovich Evropa Ittifoqining Erasmus+ning Menejment-innovasiya-rivojlanish loyihasi doirasida 10262 AQSh dollariga teng grant loyihasini qo’lga kiritdi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 52237 AQSh dollariga teng bo’lib, loyihada jami 9 nafar professor-o’qituvchi va tayanch doktorantlar ishtirok etmoqda.

Share: