Xalqaro konferensiyalar

Xalqaro tashkilotlar zamonaviy xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega va ko‘p tomonlama diplomatiyani takomillashtirish va hamkorlikning alohida shakli hisoblanadi. Har yili universitetimiz 30 dan ortiq xalqaro va ilmiy anjumanlarni o‘tkazadi. Universitetimizdagi ilmiy tadqiqot ishlari faol kutib olinmoqda, har yili universitetimizda xalqaro innovatsion, iqtisodiy va sayyohlik konferensiyalari o‘tkazilib, ularda ko‘plab kompaniyalar va xorijiy mehmonlar jamlanadi. Talabalarimiz ushbu anjumanlarda va ilmiy seminarlarda faol ishtirok etadilar. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dunyoning yetakchi mutaxassislari, xalqaro universitetlar bilan hamkorlik asosida faol ilmiy faoliyat olib bormoqda. O‘qituvchilar va professor-o‘qituvchilarimiz bilan birgalikda yangi o‘quv loyihalari va qo‘shma o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda.

Share: