Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘z so‘zi va pozitsiyasiga ega jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatishdan manfaatdor

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Uzbekistan24» teleradiokanali tomonidan efirga berilgan lavhada ko‘tarilgan ayrim muammoli holatlarni bartaraf etish, shuningdek ta’lim sifatini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash borasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  o‘zining qat’iy pozitsiyasi va amaliy chora-tadbirlar rejasiga ega ekanligini ma’lum qiladi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mavjud kamchiliklar va muammoli holatlarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yaxshilashga doir konstruktiv fikr-mulohazalar va takliflarni qabul qilishga, ularni amaliyotga tatbiq etishga tayyor.

Ta’kidlab o‘tishni joiz deb bilamizki, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘z so‘zi va pozitsiyasiga ega jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatishdan manfaatdor. Ta’lim jarayoni va uning sifatini oshirish bo‘yicha e’lon qilinadigan konstruktiv tanqidiy maqolalarni ijobiy baholaydi. Ularda ko‘tariladigan mamlakat va ta’lim rivojiga xizmat qiluvchi fikrlarni, takliflarni qabul qiladi.

Oybek Qo‘shboqov, TDIU matbuot kotibi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php