YANGILIKLAR

Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlariga muvofiq “Bir yo‘l – bir makon” loyihasi doirasida iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Xitoy davlatining Vuhan shahrida bo‘layotgan (2019 Traning Course on Textile Engineering and Management) seminarda Azerbayjan, Liviya va Turkiya va boshqa davlatlardan vakillar hamda TDIUdan ikki nafar doktorant ishtirok etishmoqda (N.N.Maxmudiy va F.Doniyorova).

 

 

 

Ular tomonidan paxta tolasini qayta ishlash jarayonidan tayyor mahsulot jarayonigacha bo‘lgan ishlab chiqarish to‘g‘risida taqdimotlar hamda amaliyot tariqasida mavjud ishlab chiqarish korxonalariga joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

 

Ularning xabar berishicha:

Xitoy armiyasi uchun maxsus tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi 3000 ta ish o‘rinli tikuv korxonasiga tashrif buyurdik, ushbu korxonada Juki va Brother modelli 1200 ta tikuv mashinalari mavjud bo‘lib, Xitoy armiyasi uchun yozgi va qishqi ko‘ylak,kurtkalar ishlab chiqarilmoqda.

Yudahua Group negizida 2018 yil tashkil etilgan “Yudahua Textile” 100.000 ming urchuqdan iborat kompaktli ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurdik.

Ushbu korxonada Xitoy davlatining JWF kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan texnologik dastgohlar o‘rnatilgan natijada  800 ta ishchi xodimlar ish bilan ta’minlangan.

Mazkur korxonada yigirish dastgohlarining har bir urchuqiga sensor o‘rnatilgan bo‘lib, bu sensorning vazifasi ip uzilganidan keyin qizil signal bilan ishchi hodimni ogohlantirishdan iborat. Ushbu sensor ishlab chiqarilayotgan mahsulotning unumdorligini hamda sifatini oshirishga yordam bermoqda.

 

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 28 iyunida Vuxan shahrida Halqaro to‘qimachilik sanoati uchun odamlar almashunuvi ilmiy tadqiqot instituti (Research Institute of International People-to People Exchange for textile Industry) ochilish marosimiga tashrif buyurdik.

Marosim ochilishini institut rektori Peng Yuyuan ochib berdi. Rektor o‘z nutqi davomida bu kelajakda halqaro kadrlar almashinuvi hamda to‘qimachilik sohaning ya’nada rivojlanishiga yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php