YANGILIKLAR

Korporativ boshqaruv fakulteti Korporativ boshqaruv kafedrasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining L.N Gumilyev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti talabalaridan iborat delegatsiya Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif Yevrosiyo milliy universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga asosan tashkil etildi.

Delegatsiya a’zolari avvalo universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xalqaro turizm fakultetida mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan jarayonni bevosita kuzatdilar hamda Turizm va servis kafedrasi professor-o‘qituvchilarining mahorat darslarida ishtirok etdilar.

Shundan so‘ng hamkorlik kelishuviga asosan qozog‘istonlik talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida “Turizm” mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro amaliyot tashkil etildi. Bu jarayonda mehmonlar Samarqand va Toshkent shaharlarining turizm salohiyati bilan bevosita tanishdilar.

O‘zbekistonga safar davomida Yevrosiyo milliy universitetining 41 nafar talabasi va 2 nafar o‘qituvchisiga Korporativ boshqaruv kafedrasi  professor-o‘qituvchilari – DSc Raya Karlibayeva, PhD Shahlo Masharipova hamrohlik qildilar.

 

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php