YANGILIKLAR

Olma-ota shahrida Erasmus+ dasturi “HiEdTech” – “Markaziy Osiyoda oliy ta’limni  yangi texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish” loyihasining ikkinchi ishchi guruh uchrashuvi va xalqaro seminari o‘z ishini boshladi.

Xalqaro seminarda Italiya, Portugaliya, Bolgariya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarining oliy ta’lim sohasi xodimlari ishtirok etmoqda.

Xalqaro seminarning dastlabgi kunida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistondan Erasmus+ dasturi doirasida oliy ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari, so‘rovnoma tahlillari va turdosh loyihalar muhokama qilindi.

Seminarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi mutaxassislari – Nilufar Allaberganova, Mastura Haydarova va loyiha menejeri Jamshidxon Imomovlar o‘z taqdimotlarini ishtirokchilar e’tiboriga havola qildilar. Taqdim etilgan taqdimotda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalari o‘rtasida o‘quv jarayonlarida innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil etildi.

Eslatib o‘tamiz seminar o‘z ishini 6 iyulga qadar davom ettiradi.

 

 

 

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php