YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev yoshlar va guruh yetakchilari, bakalavriat va magistratura bosqichini tamomlayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 24 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, rahbarimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning targ‘iboti va unda belgilangan dasturlarni amalga oshirish borasida universitet oldida turgan aniq vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Universitet rektori bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining mohiyati haqida gapirar ekan, quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi

“— Bugun oliy ta’lim tizimiga berilayotgan yuksak e’tiborni universitetimiz misolida ham ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz va mazkur jarayonlarning bevosita ishtirokchisimiz.

Mamlakatimizning yanada jadal taraqqiyoti intellektual rivojlanishni talab qiladi. Shu ma’noda bugun professor-o‘qituvchilarimiz, ilmiy izlanuvchilarimiz, talabalarimiz dunyoning rivojlangan davlatlarida bo‘lib, ularning eng ilg‘or o‘quv standartlari, tajribalari, bilimlarini o‘rganib qaytdilar. Bu o‘z navbatida universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilashga imkon bermoqda.

Ta’lim dargohimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tarbiya jarayonlari, talabalar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish borasida bir qator tashabbuslar ilgari surilib, oliy ta’lim tizimida joriy etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy dasturlar tayyorlandi.”

Shuningdek, uchrashuvda ishga joylashish, universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilish, ishga joylashish masalalari muhokama qilindi. Bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash, davlat imtihonlarini topshirishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tamagirlik holatlarini oldini olishda hamkorlikning chora-tadbirlari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida bitiruv kechasi tadbirini yuksak darajada o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bitiruvchilar orasida turli salbiy hatti-harakatlar, ya’ni bir-biriga suv sepish, turli bo‘yoqli moddalarni chaplash, avtomobillarga turli rasmlar va yozuvlar bilan zarar yetkazish holatlarini oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

Tadbir so‘ngida bitiruvchilarga kelgusida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan amaliy hamkorlik qilishlari uchun Bitiruvchilar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish taklifi berildi. Assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish uchun internetda faoliyat yuritayotgan http://alumni.tsue.uz sayti orqali ro‘xatdan o‘tish mumkin.

 

 

 

 

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php