YANGILIKLAR

Xabaringiz bor, yurtimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi hamda beshta muhim tashabbusning to‘rtinchi – Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ustvor vazifalar belgilangan.

Bu borada Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda “Eng faol bilimdon kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy o‘quv yilining 2-semestrida guruhlarda va fakultetlarda “Eng faol bilimdon kitobxonlar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov o‘tkazish davrida universitetning to‘rt mingdan ortiq talaba-yoshlari hamda besh yuzdan ortiq professor-o‘qituvchilari o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari bo‘lgan besh yuzga yaqin turli yo‘nalishdagi ayniqsa, badiiy adabiyotlarni keng o‘qib o‘rganishdi.

O‘tkazilgan tadbirlarda Hakamlar hay’ati tomonidan asar muallifi haqida qisqacha ma’lumot berish, har bir badiiy adabiyotning qisqacha annotatsiyasi, o‘rganilgan badiiy adabiyot bo‘yicha lavhalardan parcha yoki monolog aytib berish, iqtiboslar keltirish, badiiy adabiyot mavzusiga oid rasmlar, videorolik va musiqalar taqdim etish, qisqacha kitob haqida esse taqdim etish, kichik sahna ko‘rinishini namoyish etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilganlik darajasi, jamoa a’zolarining o‘zini tutishi, notiqlik san’ati va tashqi ko‘rinishi, guruhlarning hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanganligi darajasi mezonlari doirasida baholanib borildi.

Ushbu festivalda ishtirok etgan jamoalar universitet rahbariyati va hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan 1-, 2-, 3- darajali diplom va turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish va mezonlar doirasida baholab borish uchun O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy birlashmasi va adabiyotshunos olimlar ishtirok etishdi. Ular festival doirasida faol hamkorlik va fidoiyligi uchun universitet rahbariyati tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php