YANGILIKLAR

Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari — prof. Ra’no Nazarova, dots. Musaxon Isoqov, dots. Akbar Yadgarovlar hamda 1-kurs “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligi talabalari faoliyat bilan yaqindan tanishish va mahorat darsi o‘tish maqsadida “ARTEL” kompaniyasiga tashrif buyurdilar.

 

 

Dastlab “ARTEL” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kompaniyaning Plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish texnologik va qayta ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Yu. Lyubidskiy talabalarga ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoni bilan tanishtirdi. Talabalar bevosita ishlab chiqarish jarayonini ko‘rishdi va yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanish holatiga guvoh bo‘lishdi.

 

 

“ARTEL” kompaniyasining kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.A. Mirbabaev talabalarga ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoni bilan tanishtirdi. Ushbu ishlab chiqarish bo‘limida talabalar aynan kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish jarayonini ko‘rishdi, laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, xalqaro standartlar doirasida ishlab chiqarishning “Sifat” standartlari talablari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

 

Shuningdek,“ARTEL” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kompaniyaning muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.X. Temurov talabalarga muzlatgichlar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish detallari, preslash uskunalari haqida qisqacha tushuntirish ishlarini olib bordi.

“ARTEL”, “Samsung”, “Shivaki” brendi ostida chiqarilayotgan muzlatgich va boshqa turdagi texnik vositalar ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishtirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ko‘pchilik talabalar kompaniyada ishlash bo‘yicha o‘z istaklarini bildirishdi.

 

 

“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligi talabalarida “ARTEL” kompaniyasiga uyushtirilgan mahorat darsi katta taassurot uyg‘otdi va bu kabi tadbirlarni boshqa ishlab chiqarish kompaniyalari bilan ham amalga oshirish bo‘yicha o‘z xohishlarini bildirgan holda amaliyotga va mehnat faoliyatini davom ettirishga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php