YANGILIKLAR

12 aprel kuni TDIU “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasi tomonidan “Ustoz-shogird an’analarining yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga Milliy teleradiokompaniyaning Oilaviy telekanali katta muharriri, «Ayolning bir kuni» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi, aktrisa, telejurnalist Mukarrama Bekmurodova taklif etildi.

 

 

Mukarrama Bekmurodova “Dengizdan tomchi”,  “Chempionlik orzusi”, “Fitna”, “So‘nggi pushaymon” kabi milliy seriallar va “Qizg‘aldoq”, “Merskvich”, “Muhabbat zanjiri”, “Komila”, “Ota”, “Ona”, “Mahallada duv-duv gap 2” kabi badiiy filmlari orqali xalqimiz e’tiboriga tushgan.

 

 

Mukarram Bekmurodova ustozi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Shermat Yormatov misolida ustoz iborasining mohiyati, ustozdagi ulug‘lik, bag‘rikenglik kabi insoniy hislatlar xususida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi. Ustoz-shogird an’analari va uning yoshlar ma’naviyatini shakllanishidagi o‘rni hayotiy misollar yordamida tushuntirib berildi.

 

 

Mukarram Bekmurodova o‘zining muharrir, telejurnalist, aktrisa va umuman el ardog‘iga sazovor inson bo‘lishidagi ustozlarning o‘rni to‘g‘risida fikr bildirib, ustozlarni ardoqlash siz, biz kabi yoshlarning muqaddas burchi ekanligini uqdirdi.  Tadbir davomida aktrisa Mukarram Bekmurodova o‘zi ijro etgan rollardan  parchalar, monolog  ijro etib, o‘tirganlarda ustozga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php