Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlarining vakolatxonasi vakillari universitetimizga tashrif buyurdi

Bugun, 10-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlarining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Keyl F. Vagner janoblari va ta’lim dasturi koordinatori Shahnoza Suyarova tashrif buyurdi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan ushbu mehmonlar yuqori saviyada kutib olindi. Ular bilan kelajakda ilmiy ishlarni rivojlantirish, aql markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.

Mehmonlar tashrif davomida universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sherzod Mustofoqulov bilan hamkorlik aloqalarining muhim jihatlari xususida fikr almashdilar.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php