Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro ko‘rgazma o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda

“Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida “Ta’lim va mutaxassislik” XX xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

 

Ko‘rgazma ta’lim va bandlik yo‘nalishlarida tashkil etilib, unda AQSh, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Latviya, Chexiya, Polsha, Angliya, Malayziya, Vengriya, Ispaniya, Rossiya, Kanada, Shveytsariya, Singapur kabi davlatlardagi 70 ga yaqin nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, 40 dan ortiq O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, 40 dan ortiq xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, nodavlat ta’lim muassasalari hamda o‘quv kurslari ishtirok etmoqda.

 

 

Shu jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham mazkur “Ta’lim va mutaxassislik” XX xalqaro ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda. Yoshlarni oliy o‘quv yurtlari hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatlari, kasbga yo‘naltirish mazkur tadbirning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

 

 

 

Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php