Mutaxassislari ishtirokida bilan ilmiy-amaliy seminar mavzusi muhokama qilindi

Iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “O‘zbekko‘mir” AJ bilan hamkorlikda innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida “Iqtisodiyotni investitsion jozibadorligini oshirishda moliyaviy tahlil va auditning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi.

 

 

 

Ilmiy-amaliy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 10-yanvardagi farmonini keng ommaga targ‘ib qilish va ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi.

 

 

Seminarda quyidagi mavzularda ilmiy ma’ruzalar tinglandi:

 

“Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni rivojlantirish istiqbollari”

Ma’ruzachi: Qodirov Jasurbek Sharofitdinovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ moliya boshqarmasi boshlig‘i;

 

“O‘zbekko‘mir” AJning moliyaviy holati tahlili va uni investitsion rivojlantirish yo‘nalishlari”

Ma’ruzachi: Ergashev Fazliddin Yuldashevich – “O‘zbekko‘mir” AJ moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i.

“Kichik sanoat zonalarida moliyaviy hisobot axborotlarini kompilyasiya qilish bosqichlari”

Ma’ruzachi: Hasanov Bahodir Akramovich –Iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi professori.

Jahon mamlakatlari milliy iqtisodiyotining globallashuv jarayonida transport infratuzilmasining roli va ahamiyati ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, ―Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda.

 

 

Bugungi kunda transport xizmatlarining keng doirasi dunyo miqyosida oshib borayotgan yuk va yo‘lovchi oqimini ta’minlab turish orqali xalqaro aloqalarning rivojlanishiga, global iqtisodiyotning shakllanishiga olib kelmoqda.

Ilmiy-amaliy seminarda temir yo‘l sohasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar, ya’ni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida innovatsiyalarning ommaviy ravishda joriy etilayotganligi, jumladan transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga ham tegishli jarayon bo‘lib ulgurdi. Transport tizimining muhimligi iqtisodiy rivojlanish uchun maqsadli dasturni amalga oshirishni, har xil transport turlarini rivojlantirishga qaratilgan kompleks maqsadli dasturni amalga oshirishni ta’kidlandi.

 

 

Temir yo‘l sohasi faoliyatini tadqiq qilayotganda va uni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishida hal qilinadigan vazifalarini aniq belgilab olish kerak, ya’ni temir yo‘l tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanishi lozimligi aytib o‘tildi.

Ma’ruzalar so‘ngida professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va sohaga qiziquvchi iqtidorli talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olindi.

Ushbu ilmiy-amaliy seminar ishida sohaga tegishli amaliyotchilar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy seminar ishi sermahsul, yuqori saviyada va qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tdi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php