YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma nashrga tayyorlandi.

O‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 28-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g‘oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko‘rsatib berilgan.

Qo‘llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo‘nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib etishga qaratilgan. shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.

Ilmiy-ommabop qo‘llanma mamlakatimiz ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talaba va o‘quvchi yoshlar hamda yurtimizda olib borilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohot jarayonlariga qiziqadigan keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

Quyida ushbu ilmiy-ommabop qo‘llanmani yuklab olishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan maxsus kursning o‘quv dasturi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan taqdimot

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php