YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarining navbatdagi ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi.

 

 

Seminar avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sherzod Mustafoqulov Universitetda ilmiy maktablar, Yosh olimlar kengashi faoliyatini takomillashtirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda sohadagi so‘ngi yangiliklar xususida ma’lumot berib o‘tdi.

 

 

Shundan so‘ng izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining tayyorgarlik holati va erishilgan natijalar muhokama qilindi. Jumladan, kun tartibidan o‘rin olgan I. Jalolovning “Korxona iqtisodiy salohiyatini statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi hamda D. Ishmanovaning “O‘zbekistonda neft-gaz korxonalari infratuzilmalarini innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi chiqishlari atroflicha muhokama qilindi. Ko‘rilgan mavzular yuzasidan asosli taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Ilmiy-uslubiy seminar yakunida doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchi ayol-qizlar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php