YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli talabalar turar joyida Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovidir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbirda ma’ruzachi sifatida Olmazor tumanidagi 17-oilaviy poliklinika bosh shifokori Nargiza Mahkamova va bosh shifokor o‘rinbosari Nargiza Tashxadjayeva ishtirok etdilar.

 

 

Ma’ruzachilar sog‘lom turmush tarzini olib borishda sport, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri kun tartibini belgilab olish, ijobiy kayfiyat, tozalik va toza havo, shaxsiy gigienaga amal qilish borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar.

Ta’kidlab o‘tilganidek, sog‘lom turmush tarzi, har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisisiz sodir bo‘lishi amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirish bilan sog‘lom va baxtli hayot sari dadil qadam tashlang.

 

 

Ma’ruzalardan so‘ng, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qildilar va atroflicha javoblar oldilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php