YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavrlar, «Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)» hamda “Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan magistrlar uchun «mahorat darsi» o‘tkazildi.

 

 

Dars mashg‘ulotida Daniyadagi Vestas Wind Systems A/S SAP FICOning katta maslahatchisi, SAP dasturi yechimlarining sertifikatlangan arxitektori Abdulla Azizov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

 

 

Ma’ruzachi Jahon iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan dars berilayotgan talabalarga mutaxassis nimalarga qaratish kerakligi xususida o‘z tajribalari va jahon amaliyoti haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 

Tadbir qiziqarli o‘tib, o‘zaro savol-javoblarda bugungi yoshlar ta’lim olish va uni amaliyotda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php