YANGILIKLAR

Xalqaro turizm fakulteti Turizm va servis kafedrasi tomonidan 2019-yil 02-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Muhammadalieva Nodira Begim ishtirokida mahorat darsi tashkil etdi. Unda Turizm va servis kafedrasi talabalari va professor-o‘qituvchilarlari ishtirok etishdi.

Mahorat darsida talabalar Indoneziya, Dubay, Malayziya, Yaponiya kabi turizm rivojlangan davlatlar tajribasi to‘g‘risida, shuningdek Hilton, Sheraton kabi dunyoning yirik mehmonxona zanjirlari tajribasi bilan tanishishdi.

Shuningdek yuqoridagi keltirilgan mehmonxonalardagi personalni boshqarish metodlari, personalni rag‘batlantirish turlari, ularning manitoringini olib borish to‘g‘risidagi hayotiy tajribalar bilan tanishishdi. Talabalar mahorat darsi davomida o‘zlariga qizziq bo‘lgan savollariga javob olishdi.

Mahorat darsining ingiliz tilida olib borilganligi talabalarda yanada qiziqish uyg‘otdi. Quvonarlisi mahorat darsi ham “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi uchun ham Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) yo‘nalishi uchun ham tajriba maktabi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php