YANGILIKLAR

2019-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh axborot hamkori – “Dunyo bo‘ylab” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Shaxsiy yondashuv” tok-shousida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va servis kafedrasi o‘qituvchilari Sirojiddin Xalilov, Nargiza Jo‘raeva hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

“Shaxsiy yondashuv” tok-shousining mazkur soni mehmonxona biznesini tashkil etish xususiyatlari va boshqaruvning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan dolzarb vazifalar ijrosi holati yuzasidan fikr almashildi.

 

 

Shuningdek, mehmonxonalarda servis sifati va samaradorligini yanada oshirish, joylashtirish ob’ektlarini yuqori malakali boshqaruv kadrlari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari yig‘ilganlarning muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va servis kafedrasi o‘qituvchisi S. Xalilov tomonidan investitsiyalarni faol jalb etish orqali mehmonxonalar faoliyati raqobatbardoshligiga erishishning marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va servis kafedrasi o‘qituvchisi N.Jo‘rayeva esa mehmonxona biznesi uchun tayyorlanayotgan kadrlar malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan tavsiyalarini aytib o‘tdi.

“Dunyo bo‘ylab” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Shaxsiy yondashuv” tok-shousi yakunida turizm industriyasida ta’lim va biznes integratsiyasini mustahkamlash, mehmonxonalar boshqaruviga ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur tatbiq etish, mehmonxonalar faoliyatini muvofiqlashtirishda zamonaviy marketing tahlillaridan foydalanish zarurligi to‘g‘risidagi xulosaviy fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php