YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “2019-yilgi soliq-byudjet siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Audit kanon” auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

 

Aytib o‘tilganidek, Respublikamizda barcha soha va tarmoqlar singari soliq tizimini isloh qilish va u asosida uni rivojlantirish borasida so‘nggi ikki yil davomida sezilarli ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”da “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish” muhim strategik vazifalar sifatida belgilab olingan.

 

 

2018-yilning 28-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yangidan qabul qilingan Soliq konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha to‘xtalib, jumladan shunday dedi: “fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‘zda tutilishi shart. Soliq ma’muriyatchiligi shunday bo‘lishi kerakki, qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinsa ham bu holat iste’mol tovarlarining narxi o‘sishiga olib kelmasligi shart va zarur.”

 

 

Seminar davomida “Audit kanon” auditorlik kompaniyasi vakillari Soliq konsepsiyasining mazmun-mohiyati va undagi o‘zgarishlar xususidagi ma’umotlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php