YANGILIKLAR

Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti tomonidan 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan uchun ko‘ksim qalqon, fidodir jonim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining zahiradagi podpolkovnigi Rustam Yodgorov hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kafedra mudiri, mayor Bekzod Nurmetov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun milliy armiyamiz tarixiy va milliy an’analarimizni saqlagan holda, harbiy qurilish va harbiy san’at sohasida dunyodagi eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirib, chegaralarimiz xavfsizligini ta’minlashning ishonchli kafolatiga aylandi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi bo‘lgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, o‘z muqaddas harbiy burchini bajarish yo‘lida qat’iy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni ko‘ramiz va ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

 

 

So‘zga chiqqanlar, dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo‘lgan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo‘llar bilan singdirishga qaratilgan urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun keskin kurash ketayotgan bir sharoitda, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatgacha bo‘lgan yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarning roli va o‘rni tobora ortib borayotganiga to‘xtalib o‘tdilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php