YANGILIKLAR

2019-yil 12-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Iqtisodiyot fani, kerakli iqtisodiy islohotlar, O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi» mavzusida iqtisodchilar suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, xususiy sektor vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti xodimi Jahongir Negmatov hamda hozirgi kunda Wisconsin universiteti (AQSH)da ilmiy izlanish olib borayotgan Behzod Hoshimov asosiy ma’ruzachilar sifatida ishtirok etdi.

 

 

Tadbir davomida hozirgi kunda dolzarb boʻlgan savollar:

– tabiiy monopoliyalar bizga kerakmi?

– nima uchun elektr energiyasi narxini oshirishga majburmiz?

– Hukumat bepul taʼlimni kafolatlagani toʻgʻrimi, oʻzi qanday boʻlishi kerak?

– narxlar nega oshib ketmoqda?

– bojxona tariflari qanchalik iqtisodga zarar?

– insonlar mulkini muhofaza qilish iqtisodiy rivojlanish uchun qanchalik muhim?

– professional iqtisodchilar nima bilan shugʻullanishadi?

kabilar yuzasidan iqtisodiy nazariya va xalqaro amaliyot nuqtai nazariga tayangan holda suhbat olib borildi.

 

 

Tadbir qiziqarli va fikr-mulohazalar almashinuvi tarzida o‘tib, yig‘ilganlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php