YANGILIKLAR

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali Xalq deputatlari tuman, shahar va viloyat Kengashlariga saylangan deputatlar hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan majlisdagi ma’ruzasi asosida tayyorlangan ushbu taqdimot materialida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan o‘ta muhim va dolzarb fikrlar, g‘oyalar, amaliy taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati vizual tarzda ochib berilgan.

Taqdimot murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, taqqoslama tahlillar, sababiy bog‘liqlikda chiqarilgan xulosalalarni keng jamoatchilikka targ‘ib etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, undan nafaqat talabalar, balki pedagog-o‘qituvchilar, targ‘ibot-tashviqot guruhi vakillari ham foydalanishlari mumkin.

Quyidagi havola orqali ushbu taqdimot bilan tanishishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan taqdimot tayyorlandi

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php