YANGILIKLAR

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabi Moliyaviy strategiya kafedrasi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Murakkab tizimlarni matematik tadqiq etish instituti Strategik tadqiqotlar markazi mamnuniyat bilan shuni ma’lum qiladiki, kafedra mudiri va markaz boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi, RF Oliy maktabining xizmat ko‘rsatgan xodimi Vladimir Lvovich Kvint Moskva davlat universitetining eng yuqori ilmiy mukofoti – ilmiy yutuqlari uchun birinchi darajali M.V. Lomonosov nomidagi yillik mukofotiga munosib topildi.

Ushbu mukofot Vladimir Lvovichga “Strategiyalash nazariyasi va metodologiyasi” ilmiy asari uchun berildi. 2018 yil 27 dekabr kuni Moskva davlat universiteti Ilmiy Kengashi qarori bilan mukofotni topshirish bo‘yicha komissiyaning yashirin ovoz berish natijalari tasdiqlandi.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tarixida bu yuksak mukofot ilk bora iqtisodchilarga berildi.

Vladimir Lvovichning ilmiy yutuqlari nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda qayd etilgan. O‘n uchta mamlakatning yetakchi universitetlari Faxriy doktor va Faxriy professor unvoniga sazovor bo‘lgan. Rossiyada va xorijda bir necha ilmiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Uning kitoblari yuzdan ziyod xorijiy universitetlarda strategiya nazariyasi va metodologiyasi bo‘yicha asosiy darslikka aylangan. Uning ikkita kitobi – «Стратегическое управление и экономика на глобальном формирующемся рынке» ва «Strategy for the Global Market: Theory and Practical Applications» kafedramizning strategiya nazariyasi va metodologiyasi bo‘yicha asosiy darsliklariga aylangan.

Vladimir Lvovich Rossiya va xorijning real iqtisodiyot setori, ilmiy va o‘quv maktablarida katta tajribaga ega. Uning ilmiy natijalari dunyoning bir necha mamlakatlari davlat va ilmiy mukofotlari bilan taqdirlangan. Vladimir Lvovich Norilsk shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabi, Krasnoyarsk rangli metallurgiya instituti (Sibir Federal universiteti) va G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bitiruvchisidir.

Ushbu xabarni yuborib, quvonchimizni Moskva davlat universitetining barcha do‘stlari va hamkasblari bilan bo‘lishishni istaymiz.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabi Moliyaviy strategiya kafedrasi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Murakkab tizimlarni matematik tadqiq etish instituti Strategik tadqiqotlar markazi xodimlari nomidan,
Moliyaviy strategiya kafedrasi mudiri muovini,
Strategik tadqiqotlar markazi rahbarining o‘rinbosari M.K. Alimuradov

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php