Maktab o‘quvchilari bilan hamkorlikda ertaklarning g‘aroyib olamiga sayohat tashkil etildi

«Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi , baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq».

Abdurauf Fitrat

 

2018-yil 26-dekabr kuni Jahon tillari kafedrasining «Dramatik studiya» to‘garagi a‘zolari 90-maktab o‘quvchilari bilan hamkorlikda “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida tadbir tashkil etildi. «Dramatik studiya» to‘garagi yoshlarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 

Tadbirda ertaklardagi g‘aroyib sarguzashtlar orqali halollik, mehnatsevarlik, muhtojlarga yordam berish singari tarbiyaviy ahamiyatga ega ezgu g‘oyalar aks ettirildi.

Ta’kidlanganidek, o‘zining maftunkor sehri, tuganmas shukuhi, dilni rom etuvchi jozibasi bilan hamisha qanotlanib turuvchi xalq ertaklari inson hayolotining mevasidir. Kishilar o‘z qismatining chigalliklarini yechishdan ojiz qolgan chog‘larda, ertak uni nurli qanotlarida umidli manzillarga ko‘tarib o‘tgan. Bir so’z bilan aytganda, ertak insoniyatning beg’ubor bolaligi yetishtirgan samaradir. Binobarin, uning ta’rif-u tavsifiga til ojiz.

 

 

Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarni ertaklarning g‘aroyib olamiga sayohat qilish imkonini berdi. Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchilariga kafedra a’zolari hamda Korporativ boshqaruv fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan Yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php