“Marketingda tanlanma tadqiqot usullari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi

Universitetning Marketing kafedrasi tomonidan Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi Magistratura bosqichi tinglovchilariga “Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil” fani o‘qitiladi. Magistrlarni fan bo‘yicha yanada chuqurroq bilim egallashlari, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 2018-yilning 21-dekabr kuni “Marketingda tanlanma tadqiqot usullari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Binar shaklida o‘tkazilgan ochiq dars O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Umid Madaminov hamda Marketing kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyodulla Hakimov tomonidan olib borildi.

 

 

Ma’ruzada mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohalar va tub yangilanishlar davrida marketing tadqiqotlarining ahamiyati, tadqiqot usullarini tanlash, marketingda tanlanma tadqiqotlarning mazmuni va uning qo‘llanilishi, tanlanma tadqiqotlar olib borish jarayoni, tanlanmaning zaruriy miqdorini aniqlash, tanlanma tadqiqot usullari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ochiq darsga taklif etilgan mutahassis U. Madaminov talabalarga Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan uy xo‘jaliklarida kuzatuvlar olib borish yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bir qator qizaqarli ma’lumotlar berdi. Jumladan, respublikada har yili 10 mingga yaqin uy xo‘jaliklari o‘rganiladi, har bir uy xo‘jaligida o‘rtacha odam soni 5,1 nafarni tashkil etganligi sabali, kuzatuvning qamrov darajasi respublikamiz aholisining 0,2 foizini, ya’ni 52 mingdan ortiq aholini qamrab oladi. Yil davomida jami respublika hududidagi 416 mahalla, 1 oyda 834 ta uy xo‘jaligi komuliativ usulda o‘rganiladi. Bir uy xo‘jaligini o‘rganish davra 14 kunni tashkil etadi va ularda jami 176 ta iste’mol tovarlarining iste’moli qayd etib boriladi. Iste’mol tovarlari bilan ta’minlanganli darajasini hisobga olgan holda mamlakatimiz aholisining turmush darajasiga baho beriladi.

 

 

Qiziqarli ma’ruza nafaqat magistrlar balki, ochiq dars ishtirokchilari bo‘lgan professor-o‘qituvchilarda ham qiziqish uyg‘otdi. Ular aholini turmush darajasini baholash, iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning oshishi va uning tarkibiy o‘zgarishi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ma’ruzachilar va talabalar o‘rtasida tanlanma kuzatuv usullari va kuzatuvlar o‘tkazish jarayonida olingan axborotlarni qayta ishlash, statistik testlardan o‘tkazish, dasturiy ta’minot va boshqa bir qator masalalar yuzasidan savol javoblar bo‘ldi.
Ochiq dars bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Unda magistrlar marketingda tanlanma tadqiqot usullarini amaliyotda foydalanish borasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php