YANGILIKLAR

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan yuksak vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘usi, mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon-shuhratini yuksaltirishga, uning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, tengdoshlariga namuna bo‘layotgan yoshlar taqdirlanmoqda. Bugungi kunda bu ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan yoshlar soni 551 nafarni tashkil etadi.

 

 

Ushbu ko‘krak nishoniga nomzodlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining quyi tashkilotlari va jamoatchilik tomonidan taqdim etilib, sovrindorlarga mukofot Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining qarori asosida beriladi.

Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan 41 nafar yigit-qizga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtidorli talabalari ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Shohrux Boymurodov ham bor.

– Mana shunday mukofot bilan taqdirlanishimiz mamlakatimizda biz, yoshlarga katta e’tirof va e’tibor samarasidir, – deydi Sh.Boymurodov – Yoshlarga dars berish va mashg‘ulot o‘tish tizimining yangicha usullari bo‘yicha 4 ta shaxsiy mualliflik texnologiyasini ishlab chiqqanman va aynan shu texnologiyalar uchun ko‘plab yutuqlarga erishdim. Ilmiy izlanishlarim yoshlarni amaliyotga tayyorligini, ularning bilimi va salohiyatini aniqlash uchun sharoit yaratib beradi. Albatta, asosiy maqsadim – barcha yoshlar qatori kelgusida Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishdir.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php