YANGILIKLAR

Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq turizm va servis kasb-hunar kolleji pedegog jamoasi va o‘quvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif buyuruvchilar dastavval Xalqaro turizm fakulteti dekani muovini Azizxon Tillaxo‘jayev hamrohligida universitet hayoti, o‘quv loboratoriyalari, dars o‘tish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

Bo‘stonliq turizm va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetishishlarida amaliy yordam berib borish, ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda hamkorlik qilish, tajriba va axborotlar almashish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

 

Shuningdek, o‘quv-ilmiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish, kollejda ta’lim olayotgan turizm yo‘nalishi o‘quvchilarining kasbiy bilimlarini oshirishda hamkorlik qilish, ilmiy-uslubiy yo‘nalishlar berish masalalarida kelishuvlarga erishildi.
TDIU Axborot xizmati

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php