YANGILIKLAR

Ekonometrika kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti ofitserlari ishtirokida “Konstitutsiya – Vatan ravnaqi va xalq farovonligining huquqiy asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bosh qomusimiz qabul qilingan kunning 26 yilligi munosabati bilan 1-sonli alabalar turar joyida o‘tkazilgan tadbirda Harbiy texnik instituti ofitserlari, kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmatjon Maxsudov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda Bosh qomusimizning tutgan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

 

 

Konstitutsiyamizda mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, uning hayoti, daxlsizligi, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar olib borilyapti. Qayd etish zarurki, mamlakatimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyat sifatida qaror toptirish borasida, qonunchilik va amaliy siyosatimizda qanday natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasi Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilan uzviy bog‘liqdir.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ma’ruzachilardan atroflicha ma’lumot oldilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php