YANGILIKLAR

Iqtisodiyot fakulteti tomonidan “Talabalik – oltin davrim” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Iqtisodiyot fakultetiga abiturientlarning 174 nafari talabalik safiga qabul qilindi. Talabalarga universitetda ta’lim-tarbiya, bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar keng tanishtirildi.

Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Iqtisodiyot fakulteti talabalariga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchalarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan “Talabalik – oltin davrim” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbir davomida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Begmat Maxsudov, universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, professor Azamat Muxtorov, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Qo‘chqor Dadaboev, fakultet dekani Alisher Qobilov va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Rahmonjon Odilovlar so‘zga chiqib, talaba yoshlarni tabriklab, ularga o‘qish, ta’lim-tarbiya olishlari uchun oq yo‘l tilashdi. Fakultetning iqtidorli talabalari: Islom Karimov davlat stipendiasi sovrindori G‘ayrat Alimov, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti Ruxsora Masharipova, Sevara Abdulakimova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada kumush medali sovrindori Abdumalik Abduqayumovlar 1-bosqich talabalariga ramziy bilimlar kaliti va reyting daftarchasini topshirishdi.

 

 

Shundan so‘ng, universitet rahbariyati talaba-yoshlarga talabalik guvohnomasini topshirishdi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar she’r va qo‘shiq aytishdi, raqsga tushishdi. “Quvnoqlar va zukkorlar” jamoasi o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mastura HAYDAROVA,
Iqtisodiyot fakulteti Ta’lim tarbiya maslahatchisi

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php