YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 17-sonli o‘rta umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bunda o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent tumanidagi 17-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilik memorandumini imzolangan edi.

 

 

2018 yil 3 noyabr kuni universitet Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Obidjon Hamidov, Iqtisodiyot fakultet 1-bosqich talabasi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ruxsora Masharipovalar Toshkent tumanidagi 17-sonli o‘rta umumta’lim maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq muloqot tadbirini o‘tkazdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshiriliyotgan keng ko‘lamdagi islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shu o‘rinda, maktab ta’limidan keyingi ta’lim tizimi xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar erishayotgan yutuqlar va universitet jamoasi kelgusida rejalashtirayotgan ulkan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi va universitet haqidagi video rolik namoyish etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Universitet rahbariyati tomonidan 80ga yaqin o‘zbek va jahaon adabiyoti durdonalaridan saralangan badiiy adabiyotlar o‘quvchilari uchun maktab kutubxonasiga esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.

Bo‘ribek AKRAMOV,
Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php