“Shuhrat” medali sohibi bilan uchrashuv

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli talabalar turar joyida Korporativ boshqaruv fakulteti hamda Korporativ boshqaruv kafedrasi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga siyosiy sharhlovchi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalq ta’limi a’lochisi Qobilbek Karimbekov ma’ruzachi sifatida taklif etildi.

Tashkil etilgan davra suhbatida ma’ruzachi tomonidan Prezidentimiz tomonidan puxta o‘ylangan hayotbaxsh siyosiy va iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi. O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e’tibori, O‘zbekiston tashqi siyosatining prinsipial jihatlari, shu jumladan, mamlakatimizning dunyo miqyosida e’tirof etilgan milliy taraqqiyot yo‘li xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, mutaxassis bugun dunyo siyosiy sahnida kechayotgan voqyea-hodisalar va ularning mazmun-mohiyati, geosiyosiy to‘qnashuvlar hamda qarama-qarshiliklarning sabab-oqibatlari, yuzaga kelayotgan turli xavf-xatarlar, mintaqamizning o‘ziga xos murakkab jihatlari hamda xavfsizlikni ta’minlash masalalari xususida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Universitetimizning turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi doimiy faol ishtiroki, talaba-yoshlarning siyosiy ongi va savodxonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari uchun Qobilbek Karimbekovga tashakkur bildirilib, esdalik sovg‘asi topshirildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php