Universitet vakillari maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 21 maktab hamokorlikda “Universitet kelajagi maktab o‘quvchilarida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bunda o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani 21-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilik memorandumini imzolangan edi.

 

 

2018 yil 31 oktyabr kuni universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Obidjon Hamidov, Iqtisodiyot faklteti dekani, dekan muovini, Iqtisodiyot fakultet 1-bosqich talabasi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ruxsora Masharipovalar Toshkent tumanidagi 21-sonli o‘rta umumta’lim maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbir davomida O. Hamidov, A. Amonov, R. Masharipovalar tomonidan mamlakatimizda amalga oshiriliyotgan keng ko‘lamdagi islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shu o‘rinda, maktab ta’limidan keyin oliy ta’lim tizimida xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarni erishayotgan yutuqlari va universitet jamoasi kelgusida rejalashtirayotgan ulkan vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi va universitet to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.

 

 

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Universitet rahbariyati tomonidan 100ga yaqin o‘zbek va jahon adiblari durdonalaridan saralangan badiiy adabiyotlar 21-sonli o‘rta umumta’lim maktabi kutubxonasiga topshirildi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php