Til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan va innovatsion mexanizmi

Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan va innovatsion mexanizmi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

 

O‘tkazilgan noan’anaviy tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” jamoatchilar kengashi a’zosi, 2018 yilda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi Rahimboy Jumaniyozov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Unda fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Ma’ruzachi ishtirokchilarga omma oldida nutq so‘zlash, fikrni erkin bayon etish, qo‘rquv va hayajonni yengish, ravon gapira olish, ommaviy axborot vositalarida intervyu berish malakasini hosil qilish, muloqot va muomala madaniyatini rivojlantirish, ommaviy tadbirlarni boshqarish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va boshqa ko‘plab ayrim insonlar hayotida uchraydigan til va ohang madaniyati bilan bog‘liq muloqot jarayoni haqida gapirib berdi.

Qizg‘in va mazmunli kechgan suhbat jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga atroflicha javob olishdi.

Nodir HASANOV,
Iqtisodiyot fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchisi

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php