Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tadi

2018-yil 31-oktabr kuni Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-uslubiy seminar tashkil etiladi. Seminar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-bino 134-xonasida soat 14:00da boshlanadi.

Mazkur seminarda AQShning Kolorado davlat universitetida Biznes boshqaruvi ixtisosi bo‘yicha bakalavr va magistr darajasini olgan, Doktorlik ilmiy tadqiqotini AQShning Garvard universitetining Tadbirkorlik kafedrasida olib borgan iqtisod fanlari nomzodi Odiljon Abdurazzaqov ma’ruza bilan ishtirok etadi. Ma’ruzachi so‘nggi besh yil davomida yevropaning nufuzli universitetlarida, jumladan Germaniyaning Koln biznes universiteti, Gollandiyaning Mastrixt universiteti va Ozarbayjon Diplomatiya akademiyasida “Innovatsiya va tadbirkorlik” fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2017-yilda “Innovatsion faoliyatlarni rivojlantirishda texnologiya transferining roli” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilgan. “Innovatsiya va tadbirkorlik” mavzusidagi o‘nlab ilmiy maqolalar muallifi. Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xalqaro Vestminster universitetida faoliyat olib bormoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php