O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi: omillar, natijalar va istiqbollar

Mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, fan va texnikaning muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish, ilm-fan sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlarni samarali o‘tkazish, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda talabalarning anjumanlarda faol ishtirokini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli farmonida belgilangan vazifalarning ilmiy yechimlarini aniqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli qarori bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-F-sonli farmoyishiga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Makroiqtisodiyot” kafedrasi “O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi: omillar, natijalar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini 2018-yil 30oktabrda o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mazkur anjumanda ilmiy maqola va tezislar to‘plami chop etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu anjumanda o‘z maqolalari va tezislari bilan ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishga taklif etiladilar.

Ilmiy maqolalar to‘plami quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

1. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor vazifalari va unda xalqaro tajribalardan foydalanish yo‘nalishlari;

2. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning innovatsion va investitsion omillari;

3. O‘zbekistonda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning huquqiy asoslarini rivojlantirish;

4. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlari.

Ilmiy maqolalarni qabul qilish talablari:

I. Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:

1.1. Tadqiqot mavzusi doirasida mavjud muammo.

1.2. Muammoni hal qilish yo‘llari.

1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar.

1.4. Kutilayotgan iqtisodiy samara.

II. Maqolalar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga mos kelishi zarur, jumladan:

– matn muharriri – MS Word 2003, 2007;

– sahifa – A4 o‘lchovida, kitob ko‘rinishida, barcha tomonlardan 20 mm qoldirilgan;

– shrift – Times New Roman, o‘lchovi (kegl) – 14;

– qator oralig‘i va xat boshidagi oraliq – 1,5;

– maqolaning hajmi 5-6 bet;

– yuqori o‘ng burchakda muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lovozimi, tashkilot nomi, ilmiy material nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yoziladi;

– barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallar tepasida bo‘lishi kerak;

– barcha grafik, diagrammalar MS Excel formatida bo‘lishi kerak;

– formulalar MS Equation muharririda yozilgan bo‘lishi kerak;

– jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;

– havolalar har bir betning pastki qismida joylashtiriladi;

– ilmiy maqola, o‘zbek tilida, rus tilida yoki ingliz tilida bo‘lishi mumkin.

III. Ilmiy maqolalar anketasi bilan to‘ldirilgan holda elektron va chop etilgan shaklda tashkiliy qo‘mitaga 2018-yil 10 oktabrgacha TDIU “Makroiqtisodiyot” kafedrasi 1-bino 2 qavat 2-26 xona manziliga topshirilishi zarur.

IV. Taqdim etiladigan ilmiy maqolalar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi bo‘yicha ekspertizadan jumladan, antiplagiat dasturi tekshiruvidan ham o‘tkaziladi.

Ekspertiza xulosasi ijobiy bo‘lgan ilmiy maqolalar nashr uchun to‘plamga kiritiladi.

MUALLIF ANKeTASI
1. Familiya

2. Ismi

3. Sharifi

4. Ish (o‘qish) joyi (to‘liq)

5. Egallab turgan lavozimi

6. Ilmiy daraja

7. Ilmiy unvon

8. Telefon raqami (mobil va uy)

9. Faks

10. e-mail

11. Maqolaning nomlanishi

12. Maqola taqdim etilayotgan to‘plam yo‘nalishi

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php