Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan Avstriyaning KREMS amaliy fanlar universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan filialga hujjat topshirgan abiturientlar
DIQQATIGA!

2018-yilning 28-oktabr kuni soat 8:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-bino faollar zalida kirish imtihonlarini o‘tkazish tartib-qoidalari bo‘yicha maslahat o‘tkaziladi hamda testga kirishga ruxsatnomalar tarqatiladi.

Kirish imtihonlari 2 ta fandan test shaklida o‘tkaziladi, ya’ni matematika va chet tili fanlaridan.

Matematika hamda chet tili fanlaridan 30 tadan test savollari beriladi va har bir berilgan to‘g‘ri javobga 2,5 ball ajratilgan (Matematika 30×2,5=75 ball, Chet tili 30×2,5=75 ball. Jami testdan abiturient 150 maksimum ball to‘plashi mumkin).

Test sinovlari 2018-yilning 28-oktabr kuni soat 10:00da boshlanadi. Har bir fanga bir soatdan ajratiladi, ya’ni 2 ta fandan test sinovlariga 2 soat belgilangan (Soat 10:00 dan 12:00 gacha). Test sinovlarini tugagandan so‘ng ingliz tilidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun 50 ball ajratilgan.

Abiturient test sinovlari va ingliz tilidan suhbat bo‘yicha jami 200 ball to‘plash imkoniyatiga ega.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php