YANGILIKLAR

TDIU Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan 2018 yilning 18 iyul kuni saoat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetining 2-bino majlislar zalida AQSh professorlari Parviz Marvej va Rozmari Marvej bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu professorlar falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, oila masalalari bo‘yicha yirik mutaxassislar hisoblanadi. Uchrashuv chog‘ida xorijda ilmiy maqolalar chop etish, talabalar almashinuvi hamda AQSh universiteti va TDIU o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalari va savollari bilan munozaraga kirishishi uchun tayyorgarlik ko‘rib kelishlari maqsadga muvofiq!

Mazkur uchrashuvga qiziqish bildirgan barcha professor-o‘qituvchi hamda tadqiqotchilar taklif etiladi!

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php