YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida faollar zalida “Yoshlar kelajak tayanchi va bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Yurtboshimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, barcha sohalar ayniqsa, ta’lim va siyosiy partiyalar iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ahamiyatli.

Yoshlar siyosatiga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida o‘z iqtidori va salohiyati bilan xalqaro va respublika miqyosida nufuzli sovrinlar hamda nomdor stipendiyalarni qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirda Oliy Maslis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Samadov, “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati va yoshlar jamoasi a’zolari hamda universitet pedagog jamoasi, talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php