YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi, Kasaba uyushma qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi va Jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan “Sport — go‘zallik ramzi” shiori ostida ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. 8 mart — “Xalqaro-xotin qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar sportning estefeta va darts turlari bo‘yicha bellashdilar.

Estafeta musobaqalarida ishtirokchilar basketbol to‘pini dumalatib to‘siqlar orasidan olib yurish, to‘pni aniq mo‘ljalga olish, basketbol to‘pini to‘siqlar orasidan olib o‘tish, arqonchadan sakrab to‘siqlar orasidan yugurib o‘tish, stol tennisi raketkasida kichik sharni harakatda olib yurish, arqon tortish elementlarini bajarishgan bo‘lsa, sportning drast turida belgilangan nishonni aniq mo‘ljalga olish borasidagi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan Korporativ boshqaruv fakulteti ayollar jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplomlar, faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir ayol professor-o‘qituvchilar, xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, salomatliklarini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php