YANGILIKLAR

Jahon tillari kafedrasi tomonidan shoira Zulfiya Isroilova hayotiga va ijodiga bag‘ishlangan «Vafo va sadoqat kuychisi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbir tashkil etildi. Tadbirga mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova Ra’no Zaripova taklif etildi.

Bahorning ilk kunida tug‘ilish ham aslida taqdirning inoyati bo‘lsa kerak. Har yili bahor kelishi, bahor bayrami mamlakatimizda she’riyatimiz malikasi – Zulfiyaxonim tavallud topgan kun bilan hamohang nishonlanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bahorning boshlanishi yurtimizda tom ma’noda, adabiyotimiz, she’riyatimiz ayyomiga aylanib ketadi. Darhaqiqat, Zulfiyaxonim yetuk shoira, sadoqat va vafo timsoli sifatida butun o‘zbek ayollari uchun namuna bo‘la oladi. U nafaqat adabiyotimiz va she’riyatimizda, balki xalqimizning xotirasida abadiy yashamoqda. Shoiraning shaxsi, ijodi haqida gap boshlagan har bir inson so‘zlarini vafo va sadoqat malikasi Zulfiyaxonim, jumlasi bilan boshlaydi.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbir davomida talaba-yoshlar shiora Zulfiyaning ijod namunalaridan parchalar ijro etdilar, sahna ko‘rinishlarini namoyish qildilar. Yig‘ilganlar tadbir mehmoni Ra’no Sharipovaning Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy ishlarini xususidagi ma’urzasini tingladilar.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php