Always our memory

2018 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi G‘afur G‘ulom uy-muzeyida TDIU Ijtimoiy fanlar kaferasi bilan hamkorlikda Xalq ta’limi vazirligiga qarashli Uchtepa tumani “Orom” 38-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Siz hamisha yodimizdasiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda G‘afur G‘ulom uy-muzeyi direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Olmos Ahmedova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Adhambek Alimbekov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Lutfulla Ilhomjonov ishtirok etishdi. Tadbir davomida Olmos Ahmedova Islom Karimov haqidagi xotiralari haqida, adabiyotshunos olim Adhambek Alimbekov mustaqillik yillarida adabiyotga va ijodkorlarga bo‘lgan e’tibor, Lutfulla Ilhomjonov esa Islom Karimovning ma’naviy jasorati, mustaqillik solnomasi haqida so‘zlab berdilar.

Shuningdek maktab o‘quvchilari O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab yozilgan “Mangulik”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Yodi hamisha yodda” she’rini yoddan aytib berdilar. Tadbir so‘nggida Islom Karimovning akademik G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi munosabati bilan o‘rnatilgan haykalning ochilishi marosimidagi so‘zlagan nutqi namoyish qilindi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php