Millatlararo totuvlikni rivojlanishida madaniyat va san’atning ahamiyati

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli talabalar turar joyida Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Millatlararo totuvlikni rivojlanishida madaniyat va san’atning ahamiyati” mavzusida tadbiro‘tkazildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan kafedra mudiri Azamat Muxtorov mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib kelinayotganini hayotiy misollar yordamida ta’kidlab o‘tdi.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy tuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyatini va salohiyatini ruyobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Shundan so‘ng, tadbirga taklif etilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova madaniyat va san’atning millatlararo totuvlikdagi, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

Mustaqillik yillarida madaniyat va san’at sohasiga juda katta ahamiyat berilayotgani, madaniyat va san’at xalqlar do‘stligi, millatlaro totuvlikni mustahkamlashda ko‘prik vazifasini o‘tashi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbek milliy akademik teatr esa bir necha yillardan buyon yangi binoda faoliyat ko‘rsatayotganligi keyingi vaqtlarda teatrga tamoshabinlar ko‘plab tashrif buyurishayotganligi quvonarli holat ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. O‘zi rol ijro etgan “Shum bola”, “Chimildiq”, “Qirmizi olma” spektakllaridagi obrazlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, “Qirmizi olma” spektaklidagi zamonamizning dolzarb muammolari ko‘tarilganligi bilan tarbiyaviy ahamiyatga egaligini aytib o‘tdi. Ushbu spektakl nafaqat yurtimizda qolaversa qo‘shni respublikalarda ham namoyish etilganligini san’at hamma davrlarda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilganligi aytib o‘tdi. Dunyo miqyosida turli g‘oya va mafkuralar kurashi, odamlar, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun turli kuchlar o‘rtasida raqobat keskin tus olgan bugungi kunda eng ommaviy san’at bo‘lgan teatr va kinoning beqiyos imkoniyatlaridan samarali foydalanish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida Madina Muxtorova o‘zi ijro etgan rollardan manologlar va vatanparvarlik mavzusidagi qo‘shiqlardan ijro etib berdi. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

  

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php